Mavsumiylik va antigistaminlar
Bahor ko’pchilik uchun yilning sevimli faslidir. Lekin ba’zi insonlar bu vaqtni tashvish bilan kutishadi, chunki ularda allergiya jarayoni yana avjiga chiqishi kuzatiladi. Biroq, bahor mavsumiy allergik rinit yoki pichan isitmasi haqida tashvishlanishning yagona davri emas. Allergen bo’lmagan yilning yagona davri qish faslidir (garchi u chang kanalari, mog’or va hayvonlarning allergenlari mavjudligini bartaraf etmasa ham). Aprel […]
Bahor ko’pchilik uchun yilning sevimli faslidir. Lekin ba’zi insonlar bu vaqtni tashvish bilan kutishadi, chunki ularda allergiya jarayoni yana avjiga chiqishi kuzatiladi. Biroq, bahor mavsumiy allergik rinit yoki pichan isitmasi haqida tashvishlanishning yagona davri emas. Allergen bo’lmagan yilning yagona davri qish faslidir (garchi u chang kanalari, mog’or va hayvonlarning allergenlari mavjudligini bartaraf etmasa ham).
Aprel va may oylari daraxtlarning gullash davri (eman, qayin, tol), iyun va iyul oylari gulchanglar va don ekinlari mavsumidir. Yovvoyi o’simliklarning gulchanglari yozning oxiri va kuzning boshida paydo bo’la boshlaydi.
Mavsumiy allergiya belgilarini -burun, ko’zlardan suyuqlik oqishi, aksirish, qichishish kabilarni namoyon bo’lishini kamaytirish uchun, o’zingizni himoya qilish maqsadida qo’lingizda doimiy ravishda antigistamin dori vositasi bo’lishi kerak.Antigistaminlar – allergik jarayonlar va yallig’lanishni keltirib chiqaradigan, hujayralarda ishlab chiqariladigan maxsus moddaga gistaminga ta’sir qiladi.
Alomatlarning boshlanishini nazorat qilish uchun har kuni yoki faqat alomatlar paydo bo’lganda antigistaminlar qabul qilish mumkin. Uchinchi variant – ma’lum bo’lgan allergen bilan muloqat qilishni oldindan bilish va antigistaminni oldindan qabul qilishdan (profilaktika) iboratdir.Antigistaminlar ikki guruhga bo’linadi: uyquchanlikni keltirib chiqaradigan antigistaminlar va ba’zi hollarda engil sedativ ta’sirga ega bo’lgan antigistaminlar. Agar dam olish va uxlash maqsadi bo’lmasa, biz uyquchanlikka olib kelmaydigan va kundalik ishlarni bajarishda ziyon yetkazmaydigan antigistaminni tanlashni tavsiya qilamiz.
Manba: www.zied.lv